Sog`inch...
Yor seni safarga, uzatgan chog`da,
Ko`zimdan yomg`irdek, oqdi yoshlarim,
Qachondur sen bilan, ko`rishaman deb,
Ko`zlarim termulib, yo`lingga boqdim.
Ishq sevgi soldi, yuragimga dard,
Xar kunda olovli, o`tli muxabbat,
Sog`inish ilkida, qolmaydi toqat,
Koraman tushumda, yor seni faqat.
Sevgim azobi tinmay, qiynasa dilim,
Sayrayman ishqingda, misli tor bo`lib,
Bog`ingda suv ichgan, chin vafo kunim,
Qarayman yo`lingga, intizor bo`lib.
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Dilshod_Otashxon (14.01.2008)
|
Просмотров: 787
| Рейтинг: 4.0
|