Kuylolmadim, yaqroqlar kabi,
quruq shoxday, chiqar ovozim,
so`lib qoldi, bahorim tag`in,
suvga cho`kdi, yana bir yozim.
Kuzlar keldi, bag`rimni dog`lab,
qo`lin cho`zdi, giyohga gulga,
sayradilar, so`ng bora bog`lar,
to`lib qoldi, o`lik bulbulga.
Qorlar yog`di, og`ridi jonim,
uxlayotgan, bog`lar poyida,
kuylolmasdim, undan yomoni,
yashil edim, qantar oyida.
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Dilshod_Otashxon (14.01.2008)
|
Просмотров: 671
| Рейтинг: 0.0
|