Feruza.
Hushimdan ketdi boshim,
Uchib ketdi baxt qushim,
Qochib xam ketdi tushim,
Kelmading sen yonimga.
Osonlarim qiyin bo`ldi,
Kulgum ko`z yosh bo`ldi,
Bahorim xam kuz bo`ldi,
Kelmading sen yonimga.
G`amlarga botib kutdim,
Damlardan ayrilgan o'zim,
Yoshlarga cho`kib ketdim,
Kelmading sen yonimga.
Kunim hijron yoqganda
Yuragim qonga botganda,
So`ngi so`zim aytganda,
Kelmading sen bir bora.
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Dilshod_Otashxon (14.01.2008)
|
Просмотров: 753
| Рейтинг: 0.0
|