Sening ko`changda...
Seni ko`rib, sevdim go`zal qiz,
Sevgim isxor, qilay ko`changda,
Yurak dardga, to`ldi asal qiz,
Dardim aytay, senga Ko`changda.
Seni yana, ko`ray deb kirsam,
Yuragim to`lg`onar, sening ko`changda,
Izlab izlab, o`zing qidirsam,
Nega ko`rinmaysan, o`zing ko`changda.
Kuta-kuta sabrim, to`ldiku mening,
Darvozangni qidirdim, sening ko`changda,
Derazangdan ko`rsatgil, xusnu jamoling,
Gul terdim, sen uchun, sening ko`changda.
Chiq endi olaqol, mendan gulimni,
So`lib yana qolmasin, sening ko`changda,
Yuragim qidirib, sevgi yo`limni,
Toliqib qolmasin, sening Ko`changda.
Qo`shiq yozdim, birgina go`zalga atab,
Yolg`iz senga, kuylayin sening ko`changda.
Faqat tinglab, turgin, sen menga qarab,
Xusnu ja`molingga, to`yay ko`changda.
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Dilshod_Otashxon (14.01.2008)
|
Просмотров: 619
| Рейтинг: 0.0
|