Mangulik...
Ayrildim sendan endi,
Mangulikga go`zalim,
Qaytmas bo`lib ketding,
Mangulikga nigorim,
Raxmsiz taqdir bizni,
Ayirdi mangulikga,
Suygan go`zal yorimni
Ayirdi to abadga
Sensiz o`tgan kunim,
Xijron azob ichida,
Ayrilganimdan berim,
Tanxo yolg`iz kechimda,
Sog`inish meni qiynar,
Sen bo`lmagach yonimda,
Alamdan yig`lab yurak,
O`larmikan shu armonda.
Taqdir ajoyib ekan,
Bilib bo`lmaydigan,
Suygan yori bilan,
Mangulik bo`lmaydigan.
Ne oshiqlar xo`ngiray,
Orzuga yetmas ekan,
Taqdirga bo`y sinmay,
Boshqa iloj yo`q ekan.
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Dilshod_Otashxon (14.01.2008)
|
Просмотров: 708
| Рейтинг: 0.0
|