Maylimi...
Qalbingda tun xukumdor bo`lsa,
Chiroq bo`lib yoritsam maylimi.
Ko`zlaringda yoshlar tinmay tomsa,
Ro`molchang bo`lib qolsam maylimi.
O`zim yoritay, sendagi zulmating,
Artay sening, ko`z yoshlaring.
O`zim olay, sening dardlaring,
Yoring bo`lib, qolsam maylimi.
Yo`llaring men to`sib
Sevgim aytsam maylimi,
Yorimsan quchog`im ochib,
Quchoqga olsam maylimi.
O`zgalardan rashq qilib,
Rashqim keltirsam maylimi.
Umrbod qolib senga sodiq
Yoring bo`lsam maylimi???
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Dilshod_Otashxon (14.01.2008)
|
Просмотров: 779
| Рейтинг: 0.0
|