Xayir endi, Mening sevgilim, Xayir endi, ulg`aygan makonim, Xayir endi, men Ekgan daraxt, Xayir ey, qadirdon do`stlarim, Sevgilim kechiring meni, Sizni endi qucha olmasman Quchar o`zga kishi sizni Alvido men ketmoqdaman. Kechir ulg`aygan makonim, Keng bag`ringda o`sdim, Seni yashnata olmadim, Alvido men ketmoqdaman. Meni kechir ey daraxtim, Senga endi suv bermayman, Yetib keldi vaqt soatim, Alvido men ketmoqdaman. Meni kechiring do`stlarim, Endi sizlarga ulfatmasman, Ne qilay qisqa ekan umrim, Alvido men ketmoqdaman. Ortimdan qolmanglar yig`lab Yig`lasangiz o`tda yonaman Qoling menga jannat tilab Alvido men ketmoqdaman. Qaytarman balki, maysa bo`lib, Yo chumoliyu, yo qush bo`lib, Doimo qolinglar, obod bo`lib, Alvido qadirdonlarim alvido, Xayir men ketmoqdaman.
|