Otamdan uzur so`radim Xudodan saboq olib.... -Ey xudoyim xudoyim? -Nima deysan bandam? -Ne uchun sho`r peshonam? -Xato qilgansan bandam. -Xech kelmagay omadim, -Duo olmading bandam. -Ayt tuzatay xatoyim, -Buni iloji yo`q bandam. -Ilojsiz yo`q bu dunyoda, -Sen Saboq berdingmi bandam. -Xatoyim otamni uyaltirganimmi, -Mana shu sening xatong bandam -Yolvoraman kechir xatoyim, -Avval otangdan so`ra bandam, -Uzur so`rashga bet bormas, -Xato qilganda bordimi bandam, -Qandoq qilib uzur so`rayin, -Qandoq xato qilgan bo`lsang. -Yuzlarin erga qaratganman, -So`ra uzur sen xam erga qarab, -Xalq oldida uyaltirib otamni, -Shuning uchun uzur so`ra bandam. -Uzur so`rasam kechiradimi, -U sening otang axir bandam. -Kechirsa kechirarmiding, -Ota rozi, xudo rozi bandam. -Kechiring meni, iltimos otajon, Xalq oldida, uyaltirganim uchun, Kechiring meni, iltimos otajon, Yuzingiz erga qaratganim uchun. -Nega indamay jimsiz otajon, -Shu so`zing kutgandim bolam. -Meni kechirasizmi otajon -Senku axir yagona bolam, -So`z bergayman sizga otajonim, aslo xafa qilmagayman sizni. -Sendan xafa bo`lmayman bolajonim Senku axir ko`z ochib yumganim
|