Sizni tushlarimda ko'rsam, sig'insam Og'ir botmasmikin? Ozor yetmasmi? Tunlar o'zim bilmay sizni sog'insam, Bu gunohdan yerlar yutmasmi? Yoningizga hayolan borsam, Quvmaysizmi? Haydamaysizmi? Hislarimni sizga ishonsam Kulmaysizmi? Aldamaysizmi? Ishq deb tunlarga ertaklar aytsam La'natlamaysizmi, Yig'latmaysizmi? Nega indamaysiz? Nimaga jimsiz? Ishona olasizmi? So'ragum.... Axir qon yutib zor qarg'amoqqamas Sevmoqqa yaralgan yuragim! Axir nikohlandim nigohingizga Bilmaysiz bu sirni kimdan o'rgandim Azizim Ishq mening tushimda olgan Bitta bo'sangizdan ko'rgan Farzandim....
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: fortuna (22.01.2008)
| Автор: Zebo Mirzo
|
Просмотров: 987
| Рейтинг: 0.0
|