Men seni o'ylayman, o'ylarim cheksiz, Kunlarim fayzsiz o'tadi sensiz. Vaqtingni sho'x-shodon o'tkazib, jonim, Dunyoda salomat bormisan mensiz. Bilaman, sen meni yodga olmaysan, Tushingda bo'lmayman senga shahzoda. Va lekin yuragim talpinar senga, Nigohlaring mag'rur tutsang ham juda. Gohida ko'ksimdan nido keladi, Qalbginam ezilib yig'lab oladi. Sira tinchimaydir bu telba yurak, Sevganim qani deb bo'zlab qoladi. Qalbing mag'rur bo'lmasaydi gar, Ohlarim ketmasdi sira behuda. Visoling ko'zimdan ketmaydi aslo, Men seni sog'indim, sog'indim juda. Kunduzi quyoshning rahmi keladi, Kechasi mehr-la boqar hilola. Men oshiq G'aribga Shohsanam bo'lib, Rizo aylagaysan, qachon, Gullola...
|