Osmonni egalar bulutlar butun, Bostirib kelayotgan dushmanlar kabi. Yomg'ir ham yog'ar tomchilab shu tun, Mendan oqayotgan ko'z yosh misoli. Yomg'ir ham to'htar kunlar ochilar, Shu kabi to'htaydi ko'zimdagi yosh. Olamga yorug'lik nurlar sochilar, Sensiz qalbimda hech kulmaydi quyosh. Sensiz yolg'iz qoldim qalbimda o'kinch, Seni ko'rgim kelar har lahzada men. Meni qiynab tashlar mana shu sog'inch, Qiynoqni engasan kelsang agar sen. Kech kirdi kunduz ham bo'lib qoldi tun, Qani endi yonimda bo'lsayding bir pas. Mayli tunlar o'tsin, o'tsin necha kun, Faqat jonim meni tark etmasang bas!
|