Qurib qoldi ko’zda yoshim Yurak to’lsa yig’lolmayman. Hijronga etmas bardoshim Shodlikka dil bog’lolmayman Qafasdagi qushcha misol Yoninga hech borolmayman. Suvdek oqib ketdi visol Tushimda ham ko’rolmayman. Olis yulduz bo’lding ko’kda Yaqin turib etolmayman. Dardimni tangrimdan o’zga Hech kimsaga aytolmayman. Ey bevafo, bu qilmishing Ne deb atay bilolmayman. Hushim yo’qdir baht tilashga Bahtsizlik ham tilolmayman. Muhabbatdan kechib ketding Menchi, bunday etolmayman. Bir umrga armon bo’lgan Muhabbatdan ketolmayman.
|