Esingdami seni - biz tanishgan kun? O`shanda o`n kunlik edi kuz fasli. Barcha tashvishlarni unutib butkul, Ikkalamiz qoldik yorug` olamda... Sen menga bir boqding, senga bir boqdim, O`rtada tug'ildi buyuk muhabbat. Taqdir vujudlarni ming o`tda yo`qdi, Omon qoldi undan zamin-yer faqat... Esingdami seni - biz tanishgan dam? Iliq kuz shamoli esdi o`shanda. Olov xazonlarda bosolmay qadam, Qimirlamay qoldik yo`rug olamda... Bir zum silkinmadi hatto bitta barg, Faqat yuraklar ne bilmadi tinim. Nogahon jon kirib asta so`z qotding, "Yaxshimisiz?" deding, "Yaxshiman" dedim... Esingdami seni - biz ko`rishgan kuz? Oldinda qish qoqib turar edi qosh. Seni uchratgandan qilmasdim afsus, Qishdan isitguvchi bor bo`ldi quyosh... Eshingdami seni - biz uchrashgan kun? O`shanda o`n kunlik edi kuz fasli. Ming bir muammoim utunib butkul Shirin uxlagandim o`sha yolg`iz tun...
|