Mana bugun kelin bo`lding, Oq libosing yaltiraydi, Ne uchun ko`zingda yosh, Telba qalbim qaltiraydi. Mana bugun kelin bo`lding, Ketding quchib o‘zgani, Boqsang gar bir ortingga, Ko`rasan hijronli oshiqni. Yigitman men yiroqda, Adashib chorasiz qoldim, Oshiqmanu lek ayriliqda, Men senga intizor qoldim. Bag`rim limmo-lim dardga, Ammo baxting tilayman, Ismim mashxur dunyoga, Armon quchgan Dilshodman.
|