Endi tikanlimi bu erka yo'llar, Yo yo'l tugadimi - endi qaytishmi? Gullagan sevgidan qoldimi cho'llar, Endi begonaday "xayr" aytishmi? Oh, qachon aldashga o'rganasan sen, Yuzingda kulgiyu, labingda titroq. Men uchun o'rtanmay, o'rtanasan sen... Qo'rqma! Tillarimda qolmadi so'roq. Ne qilay? Yurakdan bo'shadi tanim, Najot - ko'nishdami, najot - o'lishda?.. Azizim, azizim, azizim manim, Ayt, qachon ulgurding jonim bo'lishga?
|