Muhabbat...
Mana bugun devlar ќam o’lgan, Yalmog'izsiz qolganimiz chin. Ko’k qaboђi tarang tortilgan Ajdaholar motami uchun.
Qaynar xumcha qaynamay qo’ygan, Sehrlimas chiroqlar bugun. Uchmay qolgan uchar gilamlar, Shiroq emas shiroqlar bugun.
Oybarchinlar baxtiyor, xushnud: Suluvlari boy, kiborlarni. Alpomishlar qayta olmaydi: Qazi bo’lgan boychiborlari.
Sanamlarga qiyos bo’lolmas – Oy yuzida sonsiz chandiqlar. Qasrlarda zanglab yotgandir Tohirlari oššan sandiqlar.
Bunday boqma! Aldama meni… Muhabbat – bu shunchaki ro’yo. Butun emas ko’nglim ham manim Ertaklardan uzilgan dunyo.
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Jalolbek (17.09.2008)
|
Просмотров: 1892
| Рейтинг: 5.0
|