Qolaman deymanu, qola olmayman...
Siz mendan hech narsa qilmaysiz talab, Men sizdan hech narsa so'ray olmayman. Siz ketma, demaysiz, men esa.. yo Rab Qolgim kelsa hamki, qola olmayman.
Zotan, siz sevgiga, ishqqa tashnasiz, Zotan, men mehrga muhtojman, zorman, Bilmam: kimga do'stsiz, kimga oshnasiz, Bilmam: kimga yorman, kimga darkorman.
Kunora ko'raman, salom berasiz, Hatto jilmayasiz, qilasiz karam. Men sizni sog'ina boshlagan kundan, Buyon siznikiman, sizga man qaram.
Bir shu'la ko'raman ko'zlaringizda, "Kim yoqqan olov bu?"- xatarli so'roq. Begona ism yo'q so'zlaringizda, Mening ismimni ham aytmaysiz biroq.
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Jalolbek (17.09.2008)
|
Просмотров: 4168
| Рейтинг: 5.0
|