Ko’zlarim yolg’ondan qamashar ekan Bu quyoshning yolg’on qiliqlaridan Sog’inib issiqdan yura olmaganlarim Eslatib yana qiynar muhabbat... Qorayib kettiku hamma yaltiroq Topa olmadim o’z ko’rganlarimni Yaltirab ko’ringan - asli qoralar Eslatib yana qiynar muhabbat... Shu yoshimda qariy boshladim Hushhol yoshligim go’yoki eslab Kechagina turgan o’sha yoshligim Eslatib qiynar yana muhabbat... Yo’qottim oynadagi yuzim aksini Ko’raman boshqa joyga qaragan odam Hammasin bilgan mag’rur qarashim Eslatib yana qiynar muhabbat...
|