Bu dard meni qaydan oldiykan topib, O'hshamay qoldimku o'zimga o'zim. Tikanlar ustidan boryapman chopib, Aralashib ketdi qish, bahor, kuzim... Qiynayverar meni hijron otashi, Oh ursam bag'rimdan tutun chiqadi. Yurak qayta-qayta joduga tushib, Diydoringa yana butun chiqadi. Balki olis ikki qoshning orasi, Balki ikki qirg'oq orasi uzoq. Bir qadam Samarqand Shoshning orasi, KUz ham yo'llarimga qo'yolmas tuzoq. Farhodiga fido jonimni ko'rib, Shirinlar yengillib tushadi taxtdan. Bir tig' yuragimga oldiki kirib, Qutulib bo'lmaydi endi bu BAXTDAN.
|