O'zbegim qizlari...
Bu Momo Havodan ularga odat: Ushlasa gul ushlar qo`lini faqat, Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin O`psa faqat shamol o`par yuzlarin. Bu Momo Havodan ularga odat: Nozik belda qirqta kokili qavat, Silasa yomg`irlar silaydi faqat, Ko`rsa faqat osmon ko`rar ko`zlarin Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin. Jilmaysa nur yog`ar gul yanoqlardan, Sir yashirar hatto qizg`aldoqlardan. Oftob botgandan so`ng xilvat bog`lardan, Behuda izlamang sira izlarin — Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin. Ko`ngli daryoday keng, mehri ulug`vor, Dugonasi Hayo, dugonasi Or. Ayting, farishtadan nima farqi bor, Kuyovga chiqmagan o`zbek qizlarin?.. Bardoshi oldida tog` — oddiy tuproq, Ular etagidan jannat bir qadam. Beayb Parvardigor, degandek biroq, Yoq emas kichkina kamchiligi ham.
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Jalolbek (19.07.2007)
|
Просмотров: 1398 | Комментарии: 1
| Рейтинг: 0.0
|