Qizg‘onasan suhbat qurmoqqa Yoki so‘zing, yoki vaqtingni. Ojizmisan nahot ko‘rmoqqa Yonginangda turgan baxtingni?! Ollohning bir mo‘jizasisan, Qizg‘onasan husning nigohdan. Mendek yorni yetmaysan pisand, Yo tanlaysan o‘zga dargohdan. Siymoimni saqlashing uchun Xotirangda ajralmagan joy. Qalbing to‘lgan shodlikka butun, Menga o‘rin yo‘qdir hoynahoy!? Vafodorman – tirikman toki, Men haqimda bir o‘ylab boqchi… Kerakmasmu senga do‘st yoki Jonli soya, yoxud tansoqchi. Nazaringda mendan afzalroq Uzuk bo‘lay taning quchmoq-chun. Mayli bo‘lay yuzingga bo‘yoq, Surtgin meni husning to‘smoq-chun. Yashamasdim seni deb yonib, Hayotda ishq bo‘lmasa mavjud. Rashk yo‘q bo‘lsa har dam qizg‘onib Asabimni etmasdim nobud. Toqligichun Ollohning o‘zi Juft yaratgan ne etsa bunyod. Men – uzukman, sen uning ko‘zi, Bir bo‘lmasak, umrimiz barbod!
|