Men o'o'zimni qiynab charchadim, Seni sevmoq nahotki gunoh. Tuyg'ularim yashirgancha jim, Muhabbatdan izladim panoh. Dunyolarga sig'may yashadim, Sog'inchlarga aylanib tanho. Bir ilohiy tuyg'udan qalbim Azoblanib bo'lgandi ado. Har lahzadan izladim najot, Bir istakni istardim faqat. Oppoq qordek boshinga yog'ib, Va poyinga erimoqlik baxt. Qani endi nurga aylanib, Sochlaringga ko'milib ketsam. So'ng shabnamga aylanib bir zum, Lablaringdan to'kilib ketsam. Hijronlarda o'rtanib ishon, Sensiz qalbim chekayapti oh. Ayt, sabrimga kuladi tog'lar, Qachon menga bo'lasan panoh. Men o'zimni qiynab charchadim...
|