Muhabbat...
Men muhabbat atagan tuyg'u, Bozorlarda sotilmaydi, yor. U sen kutgan oniy bo'samas, Sho'rlik boshga erta yoqqan qor. Men muhabbat atagan tuyg'u, Ko'rgazmada turmas osilib. U ko'kdagi ilohiy kuchdir, Yurib bo'lmas ko'krakka ilib. Men muhabbat atagan tuyg'u, Tan olmaydi shuhratni-shonni. Har lahzada kechmog'im mumkin, Agar inkor etsa vijdonim meni
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Jalolbek (20.07.2007)
|
Просмотров: 669
| Рейтинг: 0.0
|