Mayin esgan har bir shabada Eslatadi menga o'tmishni, Xayol olib qochar bir zumda Hadya aylab yana sog'inchni. Xayol ketar bo'lsa sen tomon Qo'msab sen-la kechgan onlarni, Sog'inch dilni o'rtaydi yomon Bedor kutib necha tonglarni. Orom bermas har dam visoling Telba aylab mening holimni, Sening husning, sening iboing O'g'irlagan tinch hayotimni. Nechun qalbga kirib so'roqsiz Muhrlading aslo o'chmas iz, Majnunsifat bo'lib sahroda Tanho sensiz qoldimmi yolg'iz?!. ... Senga ko'ngil berib, nima topdim men, Sog'inchdan o'zgani ko'rmading ravo. Qaydanam uchratib seni o'sha dam, O'z qalbimga o'zim ayladim jafo. Bilmadim, unutmoq osonmi buni, Har nega chidarman yod etib seni. Kun kelib men tomon tushsa gar yo'ling, Xazonlar bag'ridan izlagin meni!..
|