Sevgi - xatda naqadar go'zal! Sevgi – xatda naqadar go’zal! Dili – ayon, ruxsori – tiniq. Gar qog’ozga tushgan besayqal, Ishq selidan ko’zlari tinib. Sevgi – xatda naqadar sodda, Unutgandir o’tmish alamin. Yuragini shoh bilan zotga, Topshirmoqchi butun olamni. Sevgi – xatda naqadar yaqin, Qalamga sir pichirlagan lab. Go’yo hozir portlaydi – chaqin... Lablarimda o’tdan qolgan taft. Sevgi – xatda qanday barhayot... Tugab borar sabru bardoshim. Yirtamanu – yetmaydi sabot, Yoqamanu – tinmaydi yoshim.
|