- Esingizdami, qorli bir oqshom edi. Kapalaklarga o'xshar edi qor parchalari. Uchoq-uzoq ularga tikilib turardik, nimalarnidir xayol qilib. Qalbimizdagi tuyg'ularimiz xuddi ulardek oppoq edi. - Avvallari shu yo'llardan yurgan edik. Mana yana o'sha yo'l. Biroq, sensiz. Bu yo'ldagi har bir borliq seni eslatmoqda. Men esa yo'lda... Oh darddan ko'z yoshim yuzlarim yuvar, Eslasam vujudim bo'ladi halak. Hijron quvonchimni ayovsiz quvar, Jonim, ayriliqqa chidolmas yurak. Jonim, jonim, chidolmas yurak. - Eh, qayerlarga uchib ketdi, u orzu havaslar, beg'ubor niyatlarimiz. Aynan o'sha qor parchalaridek erib ketdilar. - Esingdami, ko'chaning boshida bir onaxon gul sotar edi. Har zamon gul olar edik ulardan. Kecha yana gul oldim. So'lib qoldi... Nechun deya berilgan savollar bisyor, Deyman, visolingdan menga o'zga ne kerak? Men-ku, kuyib bo'ldim, sen bo'l baxtiyor, Jonim, ayriliqqa chidolmas yurak. Jonim, jonim, chidolmas yurak. - Doim kulib turardingiz, sizni hech qachon hafa ko'rmagandim. Tushlarimga kirasiz. Nimagadir ko'zlaringiz nam... - Kulgulardimdan boshingga oq ro'mol yasang, o'g'irlab ketding... - Agar bilsaydim, bu eng so'nggi uchrashuvimiz bo'lishini.. Bu yo'lni tugashini hech qachon istamasdim... Dardim ko'p ammo, sen undan begona, Hasratim tinglasa yig'laydi, falak. Dunyoda sevganim, sensan yagona, Jonim, ayriliqqa chidolmas yurak. Jonim, jonim, chidolmas yurak. - Bu oqshom senga she'r yozdim. Shamolga o'qidim, yetkazar deya senga. Balki eshitarsan... Seni jonim derdim. Sen sensizlikni bilmaysan. Axir sen hech qachon sensiz yashamading-ku...
|