Ber qo'lingni, shu titragan qo'lim bilan so'ng daf'a Bir qisayin, so'ngra ortiq u qo'llarga tegmak yo'q. Ko'zlaringni so'nggi marta tushir xira ko'zimga, Ko'kragimga kipriklaring so'ng martaba otsin o'q. Ko'kimizda hanuz uchmay qarab turgan yulduzing Ko'r yuzini, ayriliqning kuzi bilan sarg'aygan. Sen ketasan, yulduz uchar, yolg'izlikda tashlangan O'ksigingga hayot bermas yog'dulari kunduzning. Ber qo'lingni so'ng martaba, yolg'iz qolgan o'ksukman, Ot o'qingni so'ng martaba, alam kutgan ko'ksimga.
|