Tojga gavhar qalbim mening Qay ko‘chaga gado bo‘ldi, Ag‘yorlarning nayrangidan Atirgul ishq ado bo‘ldi Umidlar ham majruh endi, Yor yo‘lida fido bo‘ldi. Chegalangan baxt ham bugun O‘z taxtidan judo bo‘ldi. Ko‘ngil tortgan jabr uchun Mening ikki ko‘zim yig‘lar, Ming yildirki, tosh bag‘riga Sig‘magan shoh so‘zim yig‘lar. Kuz bargidek uvoqqina Jonimda ming to‘zim yig‘lar. Oysiz tunda tikanlardan Tirnalangan yuzim yig‘lar. Sarson dunyo yo‘lim topmay, Sening sarson quling bo‘ldim. Gulshan aro bir tikanga Bog‘liq xazon guling bo‘ldim, Bevafo chun qalbim yoqib, Qayta yonmas kuling bo‘ldim, Ishqsiz dilda armon kafan, Essiz ketgan diling bo‘ldim.
|