Ishq chirog’i zulmat aro menga quyosh bo’lib boqdi, Suyganim qaro ko’zlari muhabbatdin kulib boqdi, Ming, necha ming yillar aro azob bergan “zulmkorim”, O’zi meni suyib qolib,yo’limga intizor boqdi. Kunduz o’tib ko’chamizdan, kulbamizga tashlar nigoh, Qalbi yonib qiynalsa ham, nechun meni etmas ogoh, Yo g’ururi yo’l qo’ymasmu, yohud fursat topolmasmu, Ogoh etmasingdan burun qalb qo’rimdan topding panoh. Endi senda tunlar bedor,endi menda tunlar bedor, Qaqshagan ko’ngil bosishga ikki qalb mayga intizor, Bir-birini suygan yuraklar,ishq o’tidin yongan dillar, Cheksiz hijron ummonida suyganin vasliga zor.
|