Bo’ldi, men bezovta qilmayman sizni, Endi oromingiz buzilmas sira Saharlar turaman chor-atrof xira So’ng izlab yig’layman diydoringizni. Yana umringizga iztirob qotib, So’ngsiz savollarga so’rmasman javob. Endi entikmaysiz sog’inchga botib, Endi gunohingiz gunohmas savob. Endi eshigingiz qoqmaydi shodlik, Endi g’am izingiz poylab yurmaydi. Dunyoda siz uchun bir baxtli sho’rlik Yurganin ko’nglingiz aytib turmaydi. Xatolar qilmaysiz yurak nomidan, Ko’zingizda kibr aralash g’urur. Unuta boshlaysiz o’zingizni ham, Nahot unutadi yuragi qurg’ur. Gullar sirlarini aytmaydi sizga, Eshita olmaysiz bulbul azonin. Hali sehrlangan sevgi yurtida Uvoli tutadi sevgi xazonin. Kechiring men sho’rlik adashib qolib, Bezovta qilganman dardlarim ayta… Qo’rqmang tichligingiz buzmoqlik uchun Bo’ldi tushingizga kirmayman qayta…
|