Dilimda qolmadi tinchlik va orom, Talab ketdi o‘shal ma’shuqi Bahrom. Salom yetkur nigorimga sabo, tez Borib anga degilki, ey Dilorom. Ey Dilorom, ey Dilorom, Dilimda qolmadi tinchlik va orom. Qachon sendan yiroq bo‘ldim chunon-a, Na xush qoldi, na qoldi aqlu orom, Yugurdim har taraf men misli Majnun Dilimda Layli nomi subhidam, shom. Ey Dilorom, ey Dilorom, Dilimda qolmadi tinchlik va orom. Yugurdim har taraf manzilma manzil, Talab aylab sani ey chehra gul qosh, Na sendan bir xabar topdim, na payg‘on Na sendan menga sog‘ar bor, na paymon. Ey Dilorom, ey Dilorom, Dilimda qolmadi tinchlik va orom. Gajak zulfingga bo‘ldim misli oftob To‘lib poyingga zulfing tashlamish dor, Fazal bitmakni qo‘y endi Nizomiy Tushib xilvatga cho‘k sen zori nochor. Ey Dilorom, ey Dilorom, Dilimda qolmadi tinchlik va orom.
|