Форма входа

Поиск по каталогу

Отправка СМС
COSCOM coscom MTS mts
Perfectum perfectum Beeline beeline
 
Самые активные:
Jalolbek
Количество стихов: 632
Admin
Количество стихов: 244
fortuna
Количество стихов: 88
Neruskiy
Количество стихов: 74

Транслитер
>>
>>

Главная страница

Регистрация

Вход
Приветствую Вас Гость | RSS


Творчество Моего Мира


Четверг, 28.11.2024, 21:38
Начало » Творчество » Стихи о любви » Mening olamim she'rlari

Sevgilmga guldasta
Seni sevaman,qalbga bermagin ozor,
xazondir qalbimning bog''i sensiz.
Seni kutaverib qalbim bo''ldi zor,
tunlari bag''rim qon mehringsiz.

Sen - sevgi diyorin malikasisan,
men esa uning bir chin fuqarosi.
Chaman aro gullar mahliyosisan,
Boshimda bulbuldek ishq mojarosi.

Sening darding men uchun g`amdir,
mening g`amim sen uchun zo`r dard.
Sen shod bo`lsang dilda ko`klamdir,
Ishqing bilan yasharman xursand.

Sening ko`zing ko`nglimga shamdir,
Nur sochmasa,yuzim bo`lur zard.
Iliq so`zing jonga malhamdir,
Hesh qo`nmasin ko`zlaringga dard.

Seni ma`yus ko`rsam - olam qorong`i,
Yulduzlar yuzini to`sadi bulut.
Zanglagan shamshirday etadi sukut,
Samoga sanchilgan oyning o`rog`i.

Jonginam,senga gar qilsam hiyonat,
Muhabbat haqqi-chun torturman jazo.
Shu kuni qalbimda ishq qilur qazo,
Bundan ortiq yo`q deb,yorga jinoyat.

Gar menda bo`lmasa zarra diyonat,
Umrimga muhabbat o`qir janoza.
Yo qalbim sihqimga tutmagay aza,
Elu yurt oldida bo`lgum hikoyat.

Ey mening go`zalim,mening farishtam,
Senga tushganidan dastlab nigohim.
Yulduzday beshumor balki gunohim,
Ey mening go`zalim,mening farishtam.

Ko`zingda o`zimni ko`rgan onlarim,
Umrimning eng bahtli soati erur.
Sevgimning Toj-tahtli davlati erur,
Ko`zingda o`zimni ko`rgan onlarim.

Sen hamon bilmaysan sevishim chindan,
Yo bilib shunchaki etursan gumon.
Shubhalar o`tida yonib beomon,
Bo`lar bo`lmasga ham ranjiysan mendan

Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Admin (31.03.2007)
Просмотров: 1627 | Комментарии: 6 | Рейтинг: 5.0


Всего комментариев: 6
6 zoda15  
0
Men internetda bir bola bilan tanishdim. U juda yoqimtoy.Uni oti Begzod. Undan men 1 yosh kichkina edim. Bir-ikki-uch marta meni oldimga kelib ketgan. Keyin bir kuni uni shuxrat degan o'rtog'i meni so'kkaniga men ham uni so'kib yubordim. Hozi qanday so'kkanimi eslomiman, lekin bir narsani bilaman men so'kkan bo'lsam ham alamimdan chiqim keldi. Lekin o'shandan buyon meni yigitim telefon qilaman deb hich qimidi, gaplashishga vaqti yo'q bo'ladi. Lekin oldin u men bilan gaplashish uchun vaqti yo'q bo'lsayam vaqt topardi hozir esa so'kkanimga kechirolmidi shakilli, uni hich topomiman. shu she'rlarni uni deb yozganman. baribir foydasi yo'qdek meni she'rimmi o'qimayapti, men bilan gaplashgisi kemidi, lekin men uni haliham sevamanu nega u meni sevmidi. Oldin o'zi man sani sevaman dirdi. Kim man bilan urushsa,telefonimmi o'ynasa u bilan urushar edi. nega endi undaymas. qanday endi meni haliyam sevishini bilishim kerak. agar javobingiz bo'lsa asal1545@mail.ruga kirib men savoliz bo'yicha keldim deb javobni ayting iltimos. men 13 yoshman yigitim esa 14

5 zoda15  
0
qanday aytay sevgimni
qanday aytay yurakka
seni sevishimni
qanday aytay ayt qanday

4 zoda15  
0
jonim meni tashlab ketding
yurak bag'rim tig'lab ketding
bilmayman men ne bo'lar
qalbim sesiz g'or bo'lar
seni topdim bir zumga
yoqotdim ham bir zumda
qanday yashayin endi
topolmasam hech yerdan

3 zoda15  
0
oh sevgi qayerdasan
oh yerak qayerdasan
seni topsaydim bir zum
meni toparding bir zum

2 zoda15  
0
hayollarim parishon
etma meni sensiz xor
yurak bag'rim yomondir
sensiz qalbim xazondir

1 zoda15  
0
meni hayotim sendir
mening yuragim sendir
tashlab ketma hech qachon
yurag bag'rim qon sensiz

Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Меню сайта

Категории каталога
Mening olamim she'rlari [520]
Стихи Моего Мира [146]
Verses of My World [4]
SMS sevgilimga [219]
SMS любимым [136]
She'riy xazillar [62]
Cтихи в шутку [10]

Наш опрос
Что подарить любимому парню?
Всего ответов: 221

Мини чат

Copyright DarkmaN © 2024 Зарабатывайте вместе с UcoZ!