Jur'atim yetmaydi qilgani izhor, Yurak tubidagi birgina so'zni. Oshiqman, bo'lgim yo'q oshkora iqror, Qalbim ardog'ida asrayman sizni. Kuyib pinhona… Tilginam boylanar aylasangiz so'z, Dilga yod manzildan izlayman sizni. Ko'rinmay qolsangiz izlab tolar ko'z, Qalbim ardog'ida asrayman sizni. Suyib pinhona… Sog'inchning eng shirin daldasi bo'lib, Olis nigohlarga so'zlayman sizni. Umrim varag'idan yod so'zni olib, Qalbim ardog'ida asrayman sizni. Yo'yib pinhona… Eng go'zal tilaklar sizsiz begona, Muhabbat izmida Layli bo'lgayman. Yuragim tirnaydi bir his yagona, Qalbim ardog'ida asrayman sizni. To'yib pinhona… Nigohning ibodek bir husni haqqi, Sadosiz asrayman bu sof tuyg'umni. Meni to'xtatolmas hech kimning haqqi, Qalbim armoniga bermayman sizni bo'lib begona…
|