Yolg’on farishtam... Yolg’on farishtam... O’zga bulbullar ham borkan bog’ingda Quchog’ingda bo’lgan yolg’iz men emas! Davralarning guli bo’lgan chog’ingda Hokisor shoiringni eslab qo’ysang bas! Men esa ketaman, yaxshi qol, erkam! Xayr, endi mening yolg’on farishtam. Ma`naviy tark etding men uchcun endi Jismoniy ayriliq - ayriliq emas Hayolimda sevdim hayoliy qizni Unga isminggina uxshaydi holos! Xayolimda bir malak bulib qol, erkam Xayr, endi mening yolg’on farishtam. Qalbimning tanhosi bulmading hech ham Yoritmoq istading osmonni, yerni. Zeroki, oy mening yolg'izim- yakkam Men esa oy uchun minglardan biri... Falaklarda tanho porlagil, erkam Xayr, endi mening yolg’on farishtam. Tog'lar osha tutdim senga ilk bora Qalbimda saqlagan oq atirgullar Men qayerdan bilay noshud bechora Mendan oldin gul tutdi o'zga olg'irlar Quchog'ingda gullar yashnasin erkam Xayr, endi mening yolg'on farishtam. Hamma go'zallar ham emas bevafo Barcha bevafolar go'zaldir lekin Sendek bir go'zalga bo'lmasmi jazo? O'zga bir muhabbat, otashin sevgim. Mayliga kundan kun chiroy och, erkam Xayr, endi mening yolg’on farishtam
|