Sevgi shunday navbahorki,u tikandin gul qilur, Toshga jonu til bag'ishlab,zog'ni ham bulbul qilur, Sevgi shunday dard erurki,barcha bo'lg'ay mubtalo, Mubtaloni neki qilsa telba bu ko'ngil qilur. Sevgi shunday tangridirki,unga tengdur shoh, gado, Qulni aylab shohu sulton,shohni bo'lsa qul qilur. Sevgi shunday bir olovki,jonga undan yo'q omon, Gulxanida o'rtab-o'rtab,bir kun oxir kul qilur. Sevginingdir hukmi mutlaq,istasa shaydolarin Chashmi giryonidan ummon,ohidan dovul qilur. Sevgiga she'r bitding, Erkin,besabab ermaski, ishq - Aylagach ko'ngulni ishg'ol,she'r ila mashg'ul qilur.
|