Seni kutib-kutib charchadim g‘oyat, Sog‘inmasdan qo‘ydim visolingni ham. Armonlarni tuyib, mana, nihoyat, Taqdirga tan berdim. Ko‘zlarimda nam. Ko‘zim emas, mening yig‘laydi qalbim, Yurak ham bir me’yor urmaydi sira. Senga ayon emas so‘ngsiz dardlarim, Bilmasding ekaning xislar bokira. Sevgandim...Ilojsiz ishqimdan kechdim, Hayotga qiziqish yo‘qoldi tugal. Sevganim – gunohim, umidim – aybim, Noumid hayollar boshimda chigal. Sen boshqa kelmaysan – bu menga ayon, Seni eslaganda dardga to‘laman. Kun kelib sen meni qo‘msagan chog‘ing, Xijron azobida o‘lgan bo‘laman.
|