Uyqusirab uyg’onyapti tong Oppoq qorli belanchagida Qay tariqa o’tadi bu kun Kechar doim xayollarimda Bugun seni ko’ramanmi yo… Javob topmay o’rtanar yurak Qarashlaring qilarmi shaydo Ollohimga ayondir beshak Bir maqsadda qadam bosaman Seni ko’rish va faqat seni Muhabbat-la senga shoshaman Sevging asir ayladi meni Qayerdasan sevgilim qayda Javob bergin bo’lmasidan kech To urarkan yuragim tanda Dil qiynalur qiynaydi sog’inch Sevgim olis ekansan mendan Izlay izlay oxiri topdim Seni sevib ishongin chindan Visolingni men uzoq kutdim Quvonchlidir faqat sen bilan Orzularga boy bu hayotim Azoblisan azobli darddan Sen o’zingsan shirin orzuim Muhabbat-la uyg’onib har kun Malham topdim azobli dardga Orzuimga erishdim bugun Visolingni ko’chirdim qalbga Mana bu kun oxirlab qoldi Xayr deyman senga hozircha Aytolmagan bir gapim qoldi Seni sevgum umrim boricha Quyosh tog’ga asta qo’yib bosh Uyqu sari ketdi bemalol Ertagacha beramanmi dosh Endi qiynar meni shu savol Uyqusirab uyg’onyapti tong Oppoq qorli belanchagida…
|