Muhabbatga zorlanadi tashna yuragim, Topolmayin ishq saxrosi ichra bir buloq. Sarson yurar visol izlab tunamoq uchun, Yo'llarida vafo bo'lib yastanar qumloq. Orzularga zorlanadi xasta bu ko'nglim. Yor vaslini saroblardan topolmay nochor. Kunlar quyosh sirdosh bo'lmish armonlariga, Tunlar dardin xilolaga etadi izxor. Armonlarga zorlanadi jonsiz vujudim, Ko'z yoshlari qum bag'riga singmagan daryo. Tushunmaydi, yolg'izlikdan ko'r bo'lgan qalbim, Muhabbatning orzulari armonli dunyo.
|