Ko’zlarimdan oqsa marjon-marjon yosh, Boshim egib qolsam berolmay bardosh, O’zga qo’l ko’z yoshim artsa kunarman, Lekin o’shanda ham sizni sevarman Egnimda tursada kelinlik libos, Qadamim sho’x bossam baxtlilarga xos, Do’stlar davrasida o’ynab kularman, Lekin o’shanda ham sizni sevarman!... Umrimni kezganda hamisha bahor, Komiga tortganda oila, ruzg’or Birinchi farzandim o’pib suyarman, Lekin o’shanda ham faqat sizni.. sizni sevarman...
|