Davraga tushgan go'zal, nigohim kuylar g'azal. Seni buncha mukammal yaratgan ekan azal. Naqorat: U yoningga tashlama, bu yoningga tashlama, Shaydolaring ko'p etib yuragimni g'ashlama! Davraga tushgan go'zal, nigohim kuylar g'azal. Seni buncha mukammal yaratgan ekan azal. Nozlaring izhor bo'lar, ko'nglimiz bahor bo'lar, Oshig'ing bir men o'zim, yuz emas hazon bo'lar. Yondirdingu, yondirding, nozingga ishontirding. Yonginamda aylanib ko'zimni quvontirding. Naqorat: U yoningga tashlama, bu yoningga tashlama, Shaydolaring ko'p etib yuragimni g'ashlama! Mayda bosib qadamni, o'ynatib qosh qalamni, Akaginang ko'ngliga solib qoyma alamni... Naqorat: U yoningga tashlama, bu yoningga tashlama, Shaydolaring ko'p etib yuragimni g'ashlama!
|