Arazingiz ko‘zlarimga jola qilay, Ko‘ngil ber deb ming bor o‘lib, ming tirilay, Sizga yolg‘iz men alamli qo‘shiq aytay, Arazlarda jonim qolib ketsin mening. Keting faqat dilim qaytib berib keting, Suygan ko‘ngil ko‘z yoshini ko‘rib keting,. Telba dilni bir shapaloq urib ketingb Ko‘z yoshlarda jonim qolib ketsin mening. Yetar endi, araz qilmang beri keling, Zo‘r bo‘lsangiz hijronlardan yurib keling, Yalintirmang bitta jonim, bitta kuling, Kulgingizda jonim qolib ketsin mening.
|