Qaldirg‘ochning qanotiga dardim yozib, Ayriliqning qo‘shig‘ini to‘yib aytdim. Armonlaring yuragimga bosib-bosib, Aziz yorim to‘yingizdan yig‘lab qaytdim. Bu dunyoning g‘amlarini to‘plab-to‘plab Hijron dardi yana menga yuzin tutdi. O‘tgan visol damlarini izlab-izlab, Aziz yorim to‘yingizdan yig‘lab qaytdim. Ne qilayin chorasizman bag‘rim tig‘lab, Alamlarim, sitamlarim ichga yutdim. Sizga dildan shirin-shirin baxtlar tilab, Aziz yorim to‘yingizdan yig‘lab qaytdim.
|