Sevaman sizni deb aytmasang aytma, Ketaver, orttingga qaytmasang qaytma. Faqat bir kun kelib, afsuslar chekib, Yor bo‘lay o‘zim deb aytmasang aytma. Men seni ko‘rgandim dunyolarga teng, Dunyoda eng aziz zebolarga teng. Lekin sen vafoni, ishqni bilmading, Ketaver, ortingga qaytmasang qaytma. Tohir sevdi Zuhroni yetolmadi bechora, Laylini sevdi Majnun, oxir bo‘ldi devona, Endi men ilojsiz, yo‘q o‘zga chora, Ko‘nglim qoldi guldan ham, endi bo‘lma ovora. Sevaman sizni deb aytmasang aytma, Ketaver, orttingga qaytmasang qaytma.
|