Uni qimorboz deydilar. Ha, to'g'ri, u qimorboz. Faqat u o'ynagan qimorda pul emas, dil tikiladi. Yutsa dil oladi, yutqazsa dil beradi. Bu uni qo'shig'i, bu sizning qo'shig'ingiz, bu bizning qo'shig'imiz! Dil tikib otdim oshiq, Yutgan dilim oladi, So'ndi dildagi gulxan, Yonsa qabrim yonadi. Dunyo! Dunyo! Sizga qoladi! Ustun boi'ling dunyoga, Omad sizga bo'lsin yor. Nomardga do'st bo'lgandan O'lganim yaxshi, bor! Dunyo! Dunyo! Sizga qoladi! Endi sizga ginam yo'q, Do'st, sevmoq og'ir xato. Mendek telba darveshni Ko'p ko'rgan ko'hna dunyo! Dunyo! Dunyo! Sizga qoladi! Yo Jamshid bor, xudo yor, Tanim tuproq oladi, Hatto yetimcha ruhim, Sizni qarg'ab qoladi. Dunyo! Dunyo! Sizga qoladi!
|