Ishq dardini talab qildim darmoni yo'q, Ishq yo'lida jon berganni armoni yo'q, Bu yo'llarda jon bermasang imkoni yo'q, Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor! Qaydin topay ishqing tushdi qarorim yo'q, Ishq sadosin tunu kunu qo'yorim yo'q, Dargohingdan o'zga yerga bororim yo'q, Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor! Ishq bozori ulug' bozor, savdo harom, Oshiqlarga sendin o'zga g'avg'o harom, Ishq yo'lig'a kirganlarga dunyo harom, Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor! Oshiqlikni davo qilib yurolmadim, Nafsdin kechib Haq amrini bilolmadim, Nodonlikda Haq amrini bilolmadim, Har ne qilsang oshiq qilg'il parvardigor!
|