Qo'shni qizning kipriklari nam, To'yxonada yoshlar kulgusi. Bor edi-ku, qo'shni qizning ham, Shu hovliga kelin bo'lgisi. Boqma dedi o'zi ko'ziga, Ko'zi kirmas aslo so'ziga, Ojizdir qiz, yonida kelin, Qarab turar yorin yuziga. Kechikding sen go'zal qiz, dildor, O'z baxtingga o'zing aybdor. Buni derlar umr savdosi, Yoringga sen tila baxt-iqbol.
|