Ko'ngil so'zi...
Men bir qo`shiq yozaman kelganda bahor, Bir qo`shiq yozaman to`lganda anhor, Qo`shig`im taftidan erib ketadi O`sha hissiz yotgan qirlardagi qor. Ha, qo`shiq yozaman, faqat bir qo`shiq, Qo`shiqqa yozaman dardimni qo`shib. Eshitgan har inson erib ketadi, Tosh yurak ham kuylaydi jo`shib. So`ngra qo`shiq yozgan o`sha qog`ozdan Bir kum katta qayiq yasayman, dunyoda ustun, Qarshimda g`ov bo`lgan katta muzlikni Oddiy qog`oz qayig`im qo`ymaydi butun. Qo`shiqqa solaman qalam qoshlarni, Qo`shiqqa solaman daryodagi xarsang toshlarni, Hayot tegirmonida ming bor urilib Yana tikka turgan mag`rur boshlarni. Ha, o`sha siz kutgan qo`shiq bo`ladi, Faqat ezgulikning ko`ngli to`ladi.
|
Категория: Mening olamim she'rlari | Добавил: Jalolbek (12.09.2007)
|
Просмотров: 834
| Рейтинг: 0.0
|