Oqqush misol parvozlarga shaylangan, Ertakdagi malikaga aylangan. Sultoniga kelin bo'lib saylangan, Singiljonim,qutlay bugun to'yingiz. Ostonasi tillo bo'lsin uyingiz! Oq atirgul siz tong chog'i ochilgan, Chimildiqqa iforlari sochilgan. Chehrasida oftob kulgan,oy kulgan, Shaloladan tiniq orzu o'yingiz. Ostonasi tillo bo'lsin uyingiz! Siz tursangiz yashnab turfa libosda, Tovlanasiz tovusday har nafasda. Qo'shni qizlar termulishar havasda, Chaman bo'lar yurgan ko'cha-kuyingiz. Ostonasi tillo bo'lsin uyingiz! Bir kun kelgay jannatlardan sadolar, Momolardan meros,sirli navolar. Go'zallikni yo'rgaklagan bahorlar, Gulbahorlar qutlar beshik to'yingiz. Ostonasi tillo bo'lsin uyingiz!
|