Dunyolardan tilab olgan dilbarimsiz, Ko'ksimda gul, ko'klarimda hulkarimsiz, Ko'zimdan yosh oqqanlari oqqan meni, Qiyo boqmay yoqqaningiz yoqqan meni. Yuzi jannat bog'laridan nishona qiz, Nima desam suyganimga ishonasiz. Bir qayriling, sizdan dunyo so'rarmidim, Yoqtirmasam bog'ingizda bo'ylarmidim, Qochmang mendan misli o'tdan qochgandayin Sizni suyib sizga yomon so'ylarmidim. Yuzi jannat bog'laridan nishona qiz, Nima desam suyganimga ishonasiz. Ayriliqning qora kuni, tuni qursin, Chehrangizda tong tabassum qilib tursin, Erkalasam erkalayman hamon sizni Yomon o'yda qo'l uzatsam, qo'lim sinsin. Yuzi jannat bog'laridan nishona qiz, Nima desam suyganimga ishonasiz. Erkalasam erkalashni bilarman-a, Nari borsa sochingizni silarman-da, Hali sizga qo'lim tegmay qochmang yorim, Bir erkalik qilsam endi qilarman-da.
|