G'amgin yurak, g'amga sol yurak, Bechorani xo'rlasang bo"lmas. Seni bugun ko'rishim kerak, Seni bugun ko'masam bo'lmas... Yelkamga yuk tashladi osmon, Bu azoblar bergaymi omon?.. Tushun, Seni sog'indim yomon, Seni bugun ko'rmasam bo'lmas... Balki quyosh qular ertaga, Ochiladi gullar ertaga. Nima bo'lsa bo'lar ertaga, Seni bugun ko'rmasam bo'lmas... Uzun tunlar bunchalar muhzun, Mahzun kunlar bunchalar uzun. Men ertaga yashashim uchun, Seni bugun ko'rmasam bo'lmas!
|